Bugun
22
O'zbek

Kilian Mbappe Fransiya milliy jamoasidagi gollar soni bo‘yicha rekordi haqida gapirdi

Futbol
17 iyun, 04:03
Fransiya milliy jamoasi forvardi rekordi haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Kilian Mbappe Fransiya milliy jamoasidagi gollar soni bo‘yicha rekordi haqida gapirdi
Foto: Gettyimages
16.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Fransiya Fransiya 3 : 1 Senegal Senegal

Fransiya milliy jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe o‘z rekordi haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Jahon chempionati 1-turi doirasidagi Senegalga qarshi bahsda fransiyaliklar 3:1 hisobida zafar quchdi, Mbappe esa dubl rasmiylashtirdi. Milliy jamoa safida 99-bahsini o‘tkazayotgan Kilian uchun bu 57 va 58-gollar edi. Avvalgi rekord Oliviye Jiruga tegishli bo‘lib u 137 o‘yinda 57 ta gol urgandi.

«Juda ham xursandman, lekin bunday narsalar haqida o‘ylash uchun hali vaqtim bo‘ladi. Faoliyatimni tugatib, butsalarni mixga ilganimda turli rekordlarni eslash mumkin. Hozir esa men shu yerdaman va nima qilmoqchi ekanligimni, nima istashimni yaxshi bilaman», — deya Mbappe so‘zlaridan iqtibos keltirdi Actu Foot.

Eslatib o‘tamiz, Kilian Mbappe Fransiya milliy jamoasi tarkibida JCH-2018da chempion bo‘lgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fransiya Fransiya
  • Senegal Senegal
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar