Fransiya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Orelyen Chuameni jamoadoshi Usmon Dembele haqida iliq fikrlar bildirdi.
«Real» futbolchisining fikricha, aynan Dembele hozirgi Fransiya milliy jamoasining eng muhim figurasi hisoblanadi.
«U jamoamizning asosiy elementi. Maydonda Dembele yarimhimoya bilan hujum chizig‘ini bog‘lab turadi. U bizning yetakchimiz», — dedi Tchuameni.
Yarimhimoyachi Dembele yaqinda «Oltin to‘p» sohibiga aylanganini ham eslatib o‘tdi.
«Milliy jamoada «Oltin to‘p» sohibi borligidan juda xursandmiz», — deya qo‘shimcha qildi u.
Shu tariqa, Chuameni Fransiya milliy jamoasining asosiy yetakchisi sifatida ko‘pchilik kutganidek Kilian Mbappeni emas, aynan Usmon Dembeleni ko‘rsatdi.
Eslatib o‘tamiz, Didye Desham boshqaruvidagi Fransiya JCH-2026 guruh bosqichining ilk turida Senegalni 3:1 hisobida mag‘lub etgan edi.
Fransuzlar navbatdagi uchrashuvini 23 iyun kuni Iroq jamoasiga qarshi o‘tkazadi.