Bugun
6
O'zbek

«Arsenal» «PSJ» vingeri Barkola uchun taklif tayyorlamoqda

Futbol
18 iyun, 05:43
London klubi fransiyalik hujumchini yozgi transferlar ro‘yxatiga kiritgan.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
«Arsenal» «PSJ» vingeri Barkola uchun taklif tayyorlamoqda
Foto: Getty Images

«PSJ» hujumchisi Bredli Barkola yozgi transfer oynasida «Arsenal» safiga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda The Independent nashri xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, London klubi rasmiy taklif yuborishdan avval transferning barcha tafsilotlarini o‘rganib chiqmoqda.

Qayd etilishicha, «PSJ» 23 yoshli futbolchini jamoada saqlab qolishni istamoqda. Biroq parijliklar mos taklif tushsa, uning transferini ko‘rib chiqishga tayyor.

Barkolaning bozor qiymati Transfermarkt portali tomonidan 70 million yevroga baholangan.

Fransiyalik vinger o‘tgan mavsum barcha musobaqalarda 49 ta uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta gol va 7 ta assist qayd etdi.

Barkola 2023 yildan buyon parijliklar sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Agar transfer amalga oshsa, Barkola Mikel Arteta jamoasining yozdagi eng muhim xaridlaridan biriga aylanishi mumkin.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
Bugungi yangiliklar