Bugun
6
O'zbek

Fayzullayevning ilk murabbiyi JCH-2026 paytidagi O‘zbekiston muhitini tasvirlab berdi

Futbol
18 iyun, 04:14
Dmitriy Anning aytishicha, butun mamlakat millliy jamoani qo‘llab-quvvatlamoqda.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Fayzullayevning ilk murabbiyi JCH-2026 paytidagi O‘zbekiston muhitini tasvirlab berdi
Foto: O'FA
17.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) O‘zbekiston O‘zbekiston 1 : 3 Kolumbiya Kolumbiya

O‘zbekiston milliy jamoasi yarimhimoyachisi Abbosbek Fayzullayevning ilk murabbiyi Dmitriy An mamlakat jamoasining JCH-2026dagi ishtiroki va mamlakatdagi futbol muhiti haqida fikr bildirdi.

«Bu milliy jamoamizning jahon chempionatidagi debyuti. Yigitlar yomon ko‘rinishmadi. Ayrim vaziyatlarda e’tibor va konsentratsiya yetishmadi. Hisob tenglashgach, yanada intizomliroq va hushyorroq o‘ynash kerak edi. Shunga qaramay, jamoa yaxshi taassurot qoldirdi. O‘zbekiston milliy jamoasining mundialdagi debyutidan juda xursandman va faxrlanaman», — dedi mutaxassis.

Ayni paytda Qirg‘izistonda bosh murabbiy sifatida faoliyat yuritayotgan An milliy jamoa o‘yinini kuzatganini ham aytib o‘tdi.

«Biz ham bu yerda O‘zbekiston terma jamoasi o‘yinini tomosha qildik. O‘zbekistondagi yaqinlarim va tanishlarim esa mamlakatdagi muhit haqida gapirib berishdi. Debyut uchrashuvini tomosha qilish uchun ish kuni ham ko‘chirildi, chunki o‘yin Toshkent vaqti bilan ertalab soat 7:00 da boshlangan edi», — dedi u.

Murabbiyning ta’kidlashicha, bugun butun O‘zbekiston miliy jamoa ortida birlashgan.

«Butun mamlakat milliy jamoaga muxlislik qilmoqda va qo‘llab-quvvatlamoqda. Bu juda quvonarli holat. Biz asta-sekin futbol davlatlaridan biriga aylanib boryapmiz. Xalqimizning terma jamoani qo‘llab-quvvatlayotgani juda yoqimli. Davlat tomonidan yaratilayotgan sharoitlar ham tahsinga loyiq. O‘ylaymanki, futbolchilarimiz maydonga chiqayotganida buning barchasini his qilishmoqda», — deya qo‘shimcha qildi Dmitriy An.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston O‘zbekiston
  • Kolumbiya Kolumbiya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar