Bugun
6
O'zbek

Kannavaro: "Futbolchilarimdan faxrlanaman, ular yaxshi oʻynashdi"

Futbol
18 iyun, 01:00
Oʻzbekiston bosh murabbiyi Kolumbiyaga qarshi bahsdan soʻng oʻz fikrlarini bildirdi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Kannavaro: "Futbolchilarimdan faxrlanaman, ular yaxshi oʻynashdi"
Foto: UFA
17.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) O‘zbekiston O‘zbekiston 1 : 3 Kolumbiya Kolumbiya

Oʻzbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Kolumbiyaga qarshi bahs (1:3)dan soʻng oʻz fikrlarini bildirdi.

"Oʻyin qiziqarli oʻtdi. Ikkinchi boʻlimda biz oʻyinni oʻzgartirishga erishdik. Chap qanotdan imkoniyatlar yaratdik. Oʻyin nazoratini oʻz qoʻlimizga olishga harakat qildik.

Avvalambor biz Oʻzbekistonni butun dunyoga ijobiy namoyish etish uchun bu yerga keldik. Men doim jamoamga oʻyin davomida faol harakat qilish kerakligini aytib kelaman.

Kolumbiya singari jamoalarga qarshi oʻynash, toʻpsiz harakat qilish oson emas. Umuman olganda, ikkinchi boʻlimda yaxshi harakat qildik, biroq afsuski gol oʻtkazib yubordik.

Biz bu stadionda oʻtgan ushbu oʻyinni eslab qolamiz. Chunki bu tarixiy oʻyin. Biz jahon chempionatidamiz.

Bugungi oʻyin biz uchun yaxshi boʻldi deb ayta olaman. Xatolar boʻldi, ular ustida ishlaymiz.

Futbolchilarimdan faxrlanaman, ular yaxshi oʻynashdi. Bugun qiyin uchrashuv oʻtkazdik. Bunday stadionda, muxlislar qarshisida oʻynash oson emas. Lekin bu sizga koʻproq motivatsiya berishi ham mumkin", — dedi Kannavaro.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston O‘zbekiston
  • Kolumbiya Kolumbiya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar