Bugun
6
O'zbek

Kannavaro — mundialda ham futbolchi, ham murabbiy sifatida ishtirok etgan to'rtinchi «Oltin to'p» sohibi

Futbol
17 iyun, 22:30
Bundan avval Fabio qayd etgan natijaga faqat Bekkenbauer, Blohin va van Basten erishgan.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Kannavaro — mundialda ham futbolchi, ham murabbiy sifatida ishtirok etgan to'rtinchi «Oltin to'p» sohibi
Foto: Getty Images
17.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) O‘zbekiston O‘zbekiston 1 : 3 Kolumbiya Kolumbiya

O'zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro tarixda Jahon chempionatida ham futbolchi, ham murabbiy sifatida qatnashgan to'rtinchi «Oltin to'p» sohibi bo'ldi. Bu haqda Opta xabar berdi.

Kannavaro shogirdlari mundialdagi ilk o'yinini Kolumbiyaga qarshi o'tkazmoqda. Bundan avval Fabio qayd etgan natijaga faqat Frants Bekkenbauer, Oleg Blohin va Marko van Basten erishgan.

Ma'lumot o'rnida, Kannavaro 2006 yilda Italiya milliy jamoasi safida jahon chempionatida g'oliblikni qo'lga kiritgan. O'sha yili himoyachi «Oltin to'p»ga ham ega chiqqan.

Qayd etish lozim, afsonaviy sobiq futbolchi O'zbekiston milliy jamoasini 2025 yil oktyabr oyidan beri boshqarib kelmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston O‘zbekiston
  • Kolumbiya Kolumbiya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar