Angliya milliy jamoasi hujumchisi Harri Keyn jahon chempionatining 1-turidan o‘rin olgan Xorvatiyaga qarshi bahsda gol urdi.
Futbolchi penaltilarni aniq amalga oshirib, hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Natijada u milliy jamoa safidagi 115-o‘yinida o‘zining 80-golini kiritdi.
Darvoqe, bu gol Harrining mundiallardagi 9-goliga aylandi. U bu borada Krishtianu Ronalduni ortda qoldirdi.
L guruhining 2-turida Angliya 23 iyun kuni Gana bilan, 3-turda esa 28 iyun kuni Panama bilan o‘ynaydi. Guruh bosqichi 11 iyundan 27 iyungacha davom etadi.