Live
1
O'zbek

«Nitsa»ga yangi bosh murabbiy tayinlandi

Futbol
17 iyun, 15:12
Jamoani «Loryan» sobiq ustozi boshqaradi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
«Nitsa»ga yangi bosh murabbiy tayinlandi
Foto: OGC Nice

Olivie Pantaloni «Nitsa»ning yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi.

59 yoshli mutaxassis bilan ikki mavsumga moʻljallangan shartnoma imzolandi.

Fransiyalik murabbiy soʻnggi ikki yil davomida «Loryan»ni boshqarib kelgan va yakunda Liga 1ning eng yaxshi murabbiyi sovriniga nomzod sifatida koʻrsatilgandi.

Ta'kidlash kerakki, Pantaloni 1980 yillarning ikkinchi yarmida «Nitsa» akademiyasida oʻqib, shugʻullangan.

Klub avvalroq Klod Pyuel bilan hamkorlikni toʻxtatganini eʼlon qilgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Nice Nice
  • Liga 1 Fransiya Liga 1 Fransiya
Bugungi yangiliklar