"Nitsa" jamoa bosh murabbiyi Klod Pyuel bilan hamkorlik yakunlanganini rasmiy e'lon qildi.
"Klod Pyuelning jamoa bosh murabbiyi sifatidagi faoliyati o'z nihoyasiga yetdi. So'nggi bir necha oy davomida qilgan mehnati uchun unga samimiy minnatdorchilik bildiramiz. U klubning quyi ligaga tushib ketishining oldini olishga yordam berdi", — deyiladi klub bayonotida.
64 yoshli mutaxassis "Nitsa"ni 2025 yil dekabr oyida qabul qilib olgandi. Yakunlangan mavsumda jamoa Liga 1da 16-o'rinni egalladi va o'tish bahslarida "Sent-Etyen" (0:0, 4:1) ustidan g'alaba qozonib, yuqori diviziondagi o'rnini saqlab qoldi.
"Nitsa" jamoani yuqori divizionda olib qolgan Pyuel bilan hayrlashdi
Futbol
17 iyun, 10:10
64 yoshli mutaxassis o'tish bosqichi orqali jamoani Liga 1da olib qolgandi.
Foto: Getty Images