Live
1
O'zbek

Angliya JCH-2026 uchun qaydnomaga o‘zgartirish kiritdi

Futbol
16 iyun, 10:30
Jarohat olgan Livramento o‘rniga Trevo Chaloba chaqirildi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Angliya JCH-2026 uchun qaydnomaga o‘zgartirish kiritdi
Foto: Getty Images
17.06.2026, 16:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Angliya Angliya - : - Xorvatiya Xorvatiya

Angliya milliy jamoasi JCH-2026 oldidan tarkibida majburiy o‘zgarish amalga oshirdi. Bu haqda Angliya futbol assotsiatsiyasi rasman ma’lum qildi.

FIFA qoidalariga ko‘ra, jamoalar turnir boshlanishidan kamida 24 soat oldin jarohat olgan futbolchini qaydnomadan chiqarib, uning o‘rniga boshqa o‘yinchini ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin.

Aynan shu qoida asosida himoyachi Tino Livramento mundialni o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi. Futbolchi yakshanba kungi mashg‘ulot vaqtida jarohat olgan va tibbiy tekshiruvlar uning turnirda ishtirok eta olmasligini tasdiqlagan.

Shundan so‘ng Angliya terma jamoasi «Chelsi» himoyachisi Trevo Chalobani tarkibga qo‘shdi.

26 yoshli Chaloba so‘nggi mavsumda klub safida barqaror o‘yin ko‘rsatib, murabbiylar shtabi ishonchini qozongan edi.

Eslatib o‘tamiz, Angliya JCH-2026dagi ilk uchrashuvini 17 iyun kuni Xorvatiyaga qarshi o‘tkazadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 01:00 da start oladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Angliya Angliya
  • Xorvatiya Xorvatiya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar