Kutilmaganda, «qizil furiya» raqibi darvozasiga yo‘l topa olmadi va durang (0:0) bilan kifoyalanishga majbur bo‘ldi.
Afrika qit’asi vakillari nafaqat o‘yin natijasi borasida shov-shuvlarga sababchi bo‘lishdi, balki yana bir qiziq statistik ko‘rsatkich bo‘yicha mundiallar rekordini o‘rnatishga muvaffaq bo‘lishdi. Gap shundaki, Kabo-Verde futbolchilari butun o‘yin davomida, 26% vaqtda to‘pga egalik qilib, bor yo‘g‘i 1 marta o‘yin qoidasini buzishdi.
Opta portali ma’lumotlariga ko‘ra, 1966-yildan buyon qayd etib boriladigan statistika shuni ko‘rsatmoqdaki — JCH tarixida butun o‘yin davomida jamoalardan biri bor yo‘g‘i 1 marta fol ishlatgani avval biror marta ham kuzatilmagan.