Live
1
O'zbek

Kieza "Liverpul"da asosiy tarkib uchun kurashadi

Futbol
16 iyun, 10:19
Uning jamoa bilan shartnomasi 2028 yilning 30 iyunigacha mo'ljallangan.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Kieza "Liverpul"da asosiy tarkib uchun kurashadi
Фото: Getty Images

"Liverpul" vingeri Federiko Kieza jamoada qolishi mumkin. Bu haqida jurnalist Mirko Di Natale xabar berdi.

Manbaga ko'ra, italyan futbolchi "qizillar"da qolishga va yangi bosh murabbiy Andoni Iraola qo'l ostida asosiy tarkibdagi o'rin uchun kurashishga qat'iy qaror qilgan.

Futbolchi "Yuventus" va "Komo" tomonidan bo'layotgan qiziqishlarga qaramay, A Seriyaga qaytish niyatida emas.

Kieza Iraolaning kelishini o'z faoliyatidagi yangi start sifatida baholamoqda va "Liverpul" yangi murabbiyining o'yin uslubi uning kuchli tomonlariga mos kelishini hisoblamoqda.

O'tgan mavsumda Federiko mersisaydliklar safida barcha turnirlarda 36 ta o'yin o'tkazib, ularda uchta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning jamoa bilan shartnomasi 2028 yilning 30 iyunigacha mo'ljallangan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
Bugungi yangiliklar