Madridning «Real» klubi yarimhimoyachisi Orelyen Chuameni yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi ehtimoldan xoli emas. Bu haqda jurnalist Ramon Alvares de Mon xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 26 yoshli fransiyalik futbolchi yangi bosh murabbiy Joze Mourinyo uchun «tegib bo‘lmaydigan» futbolchilar qatoriga kirmaydi.
Qayd etilishicha, portugaliyalik mutaxassis Chuamenini jamoaning asosiy yetakchilari hisoblangan Jud Bellinghem va Federiko Valverde bilan bir qatorda ko‘rmayapti.
Shu sababli «Real» futbolchi bo‘yicha jozibador taklif oladigan bo‘lsa, transfer masalasini ko‘rib chiqishi mumkin.
2025/26 yilgi mavsumda Chuameni barcha musobaqalarda 49 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, fransuz futbolchisining bozor qiymati 70 million yevroga baholanmoqda.
Chuameni 2022 yilda «Monako»dan «Real» safiga qo‘shilgan edi va shu vaqt davomida jamoaning markaziy yarimhimoyasidagi muhim futbolchilardan biri bo‘lib kelmoqda. Biroq Mourinyo davrida uning kelajagi masalasi ochiq qolmoqda.