Live
2
O'zbek

Martines: "Ronaldu xuddi ilk Jahon chempionatiga kelgandek motivatsiyani saqlab qolgan"

Futbol
17 iyun, 12:30
Portugaliya ustoziga ko'ra, 41 yoshli hujumchi jamoaning asosiy futbolchisi hisoblanadi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Martines: "Ronaldu xuddi ilk Jahon chempionatiga kelgandek motivatsiyani saqlab qolgan"
Foto: Getty Images

Portugaliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines jamoa hujumchisi Krishtianu Ronaldu o'zining ilk Jahon chempionatidagi kabi motivatsiyani saqlab qolganini ta'kidladi.

Bugun, 17 iyun kuni Portugaliya JCH-2026 guruh bosqichining 1-turida Kongo DRga qarshi maydonga tushadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanadi. 41 yoshli futbolchi uchun bu oltinchi mundial hisoblanadi.

"Bu — uning oltinchi Jahon chempionati. Ammo ayta olamanki, ruhiy tayyorgarlik, his-tuyg'ular va jamoaga yordam berish istagi jihatdan bu chempionat u uchun xuddi birinchisi kabidir.

Krishtianu — milliy jamoa uchun juda muhim o'yinchi. Chunki u hujumni yakunlovchi, jarima maydonida samarali harakat qiladigan futbolchi bo'lib, uning harakatlari boshqa o'yinchilar uchun ham bo'sh hududlar yaratib beradi. Uning statistikasi hujumdagi kuchimizni yaqqol ko'rsatib turibdi",
— deya Martinesning so'zlarini keltiradi ESPN.

Avvalroq ispaniyalik mutaxassis Portugaliya milliy jamoasidagi kelajagi haqida gapirdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar