"So‘g‘diyona" klubi Superliganing eng kuchli legionerlaridan biri Lyupcho Doriev bilan yangi shartnoma imzoladi.
Unga ko‘ra, shimoliy makedoniyalik hujumchi 2030 yilning 31 dekabrigacha jizzaxliklar safida to‘p tepadi.
Futbolchi 2023 yilning yozida jamoa safiga kelib qo‘shilgan. Bu vaqt davomida Superligada 74 ta uchrashuvda maydonga tushib, 38 ta gol urdi hamda 21 ta golga assist muallifi bo‘ldi.
"Gollar, g‘alabalar va yorqin lahzalar hali oldinda. Jamoamizning legioneriga kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, mustahkam sog‘lik va yorqin g‘alabalar tilaymiz", - deyiladi klub xabarida.