Live
1
O'zbek

«Chin dildan muxlislilik qilamiz» – Qozog‘iston bosh murabbiyi Tribuna.uz orqali milliy jamoa va o‘zbekistonlik muxlislarga murojaat qildi

Eksklyuziv
17 iyun, 14:26
Qozog‘istonliklar ham O‘zbekiston milliy jamoasiga muxlislilik qilishmoqda.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
«Chin dildan muxlislilik qilamiz» – Qozog‘iston bosh murabbiyi Tribuna.uz orqali milliy jamoa va o‘zbekistonlik muxlislarga murojaat qildi
Фото: Қозоғистон ФФ

Tarixiy o‘yin arafasida O‘zbekiston OAV ham keng qamrovli turkum maqolalar, yangiliklar va qiziqarli intervyularni taqdim etib bormoqda va bu jabha da Tribuna.uz nashri ham bevosita jahon chempionati va milliy jamoamizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlagan holda keng yoritib bormoqda.

Shu bilan birga mahalliy va xorijlik ekspertlar bilan qiziqarli suhbatlar ham uyushtirilib, siz o‘quvchilarga taqdim etib borilyapti.

Yurtimizdan tashqari bevosita Markaziy Osiyo xalqlari ham milliy jamoamizni mundialda juda faol qo‘llab-quvvatlamoqdalar va ilk o‘yinni qo‘shnilarimiz-qardoshlarimiz ham intizorlik bilan kutmoqdalar.

Qozog‘istonliklar ham, u yerdagi futbol jamoatchiligi ham O‘zbekistonga muxlislilik qilishyapti va ijobiy natijalarni kutishmoqda.

E’tiborli si, Qozog‘iston milliy jamoasi bosh murabbiyi Talgat Baysufinov Tribuna.uz jurnalistiga quyidagicha xabar yo‘lladi:

«Assalomu alaykum, yaxshimisizlar, umid qilamanki, sizlarda hammasi joyida bo‘lsa kerak?!

O‘zbekiston milliy jamoasi muxlislari tomonidan qardosh xalqlarning bayroqlari birlashtirilgan holda yo‘lga qo‘yilgan aksiya bizni ham to‘lqinlantirib yubordi. Bu juda ham to‘g‘ri aksiya, to‘g‘ri yondashuv!

Shundoq ham milliy jamoangizga chin dildan muxlislilik qilamiz va faqat ijobiy natija tilab qolamiz.

Shaxsan o‘zimning tahminim, minimum yutqazib qo‘ymaysizlar, maksimum g‘alaba qozonishingiz tilakdoshiman. Ichki ovozim, tuyg‘ularim shundan ishora beryapti.

Biz mo‘jiza sodir etishni bilamiz. Ertangi uchrashuvda yaxshi o‘yin ko‘rsatishingiz tarafdorimiz.

Omad yor bo‘lsin, futbolda omadning o‘rni beqiyos. Yigitlar pand berib qo‘yishmaydi. Mayli, omadingizni bersin, olg‘a!», - deya o‘z tilaklarini yakunladi
, Talgat Maruainovich.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston O‘zbekiston
Bugungi yangiliklar