Live
1
O'zbek

Rasman. Maxachev Garriga qarshi jang sanasi ma'lum

MMA
17 iyun, 16:03
Jang 16 avgust kuniga belgilangan.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Rasman. Maxachev Garriga qarshi jang sanasi ma'lum
Фото: Getty Images

Yarim o'rta vazn toifasida UFC chempioni, rossiyalik 34 yoshli Islom Maxachev o'zining navbatdagi jangini 16 avgust kuni o'tkazadi.

Shu kuni u ushbu vazn reytingining birinchi raqamli jangchisi, irlandiyalik Ian Garriga qarshi ringga chiqadi. Mazkur chempionlik jangi AQShning Filadelfiya shahrida bo'lib o'tadigan UFC 330 turnirining markaziy voqeasi bo'ladi.

Ayni paytda Islom Maxachev UFC promoushenida qatorga 16 ta g'alabali seriyani davom ettirmoqda. Uning professional faoliyatida jami 28 ta g'alaba va bitta mag'lubiyat mavjud..

Irlandiyalik 28 yoshli sportchi esa professional rekordida 17 ta g'alaba (8 tasi muddatidan avval) va bitta mag'lubiyatga ega.

Bugungi yangiliklar