"Arsenal" hujumchisi Kay Xaverts "Bayer"ga qaytishi mumkin. Bu haqda Indykaila News xabar berdi.
Manbaga ko'ra, forvard Leverkuzen jamoasining qiziqishlar doirasiga tushgan. Biroq futbolchining haftasiga 280 ming funt sterlingni tashkil etadigan yuqori maoshi transferga to'sqinlik qilishi mumkin.
Kelishuv amalga oshishi uchun o'yinchiga maoshini kamaytirishga to'g'ri keladi.
Ma'lumot uchun, Kay "Bayer" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2020 yilgacha "dorishunoslar" safida to'p tepgan.
Hujumchi "Arsenal"ga 2023 yilda "Chelsi"dan 75 million yevro evaziga o'tgan. Uning London klubi bilan shartnomasi 2028 yilning 30 iyunigacha mo'ljallangan.
O'tgan mavsumda forvard "to'pchilar" safida barcha turnirlarda 24 ta o'yin o'tkazib, yettita gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi.