Bugun
6
O'zbek

Van Bronkhorst – "Feyenoord" bosh murabbiyi

Futbol
18 iyun, 02:35
51 yoshli mutaxassis bilan ikki yillik shartnoma imzolandi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Van Bronkhorst – "Feyenoord" bosh murabbiyi
Фото: Getty Images

Niderlandiya milliy jamoasi sobiq futbolchisi Jovanni van Bronkhorst yana "Feyenoord" bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 51 yoshli mutaxassis bilan ikki yillik shartnoma imzolandi. Unga ko‘ra bitimni yana bir mavsumga uzaytirish bandi ham mavjud.

Ma'lumot uchun, van Bronkhorst 2015 yildan 2019 yilgacha Rotterdam klubi bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritgan.

Uning qo‘l ostida "Feyenoord" 2016/17 yilgi mavsumda Niderlandiya chempioni bo‘lgan, shuningdek, ikki martadan mamlakat Kubogi (2016, 2018) va Superkubogini (2017, 2018) qo‘lga kiritgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Feyenord Feyenord
Bugungi yangiliklar