Live
1
O'zbek

«Real» Olise uchun 200 million yevrogacha sarflashga tayyor

Futbol
18 iyun, 07:00
Madrid klubi fransiyalik vingerni yangi loyihaning asosiy figurasiga aylantirmoqchi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
«Real» Olise uchun 200 million yevrogacha sarflashga tayyor
Foto: Getty Images

Madridning «Real» klubi «Bavariya» yarimhimoyachisi Maykl Oliseni qo‘lga kiritish borasidagi harakatlarini davom ettirmoqda. Bu haqda jurnalist Xose Feliks Dias xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, «Real» prezidenti Florentino Peres va jamoaning yangi bosh murabbiyi Joze Mourinyo 24 yoshli futbolchini yangi loyiha uchun eng muhim transferlardan biri deb hisoblamoqda.

Qayd etilishicha, madridliklar bu haqdagi pozitsiyasini Olisening o‘ziga ham yetkazgan.

«Qirollik klubi» futbolchi uchun kamida 150 million yevro taklif qilishga tayyor. Zarurat tug‘ilsa, transfer summasi hatto 200 million yevrodan ham oshishi mumkin.

Biroq «Bavariya» o‘z yulduzini sotishni rejalashtirmayapti. Myunxen klubi Oliseni jamoaning tegib bo‘lmas futbolchilaridan biri deb hisoblaydi va uning shartnomasini 2031 yilgacha uzaytirishni istamoqda.

Maykl Olise 2025/26 yilgi mavsumda ajoyib statistika qayd etdi. U barcha musobaqalarda 52 ta uchrashuvda maydonga tushib, 22 ta gol urdi va 31 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Agar transfer amalga oshsa, Olise futbol tarixidagi eng qimmat transferlardan biriga aylanishi mumkin.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Bavariya Bavariya
Bugungi yangiliklar