Live
1
O'zbek

«Atletiko» Alvares uchun rekord darajadagi narx belgiladi

Futbol
18 iyun, 08:29
Madrid klubi argentinalik hujumchini sotishni istamayapti.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
«Atletiko» Alvares uchun rekord darajadagi narx belgiladi
Foto: Getty Images

Madridning «Atletiko» klubi hujumchi Xulian Alvaresning transfer narxi bo‘yicha futbol bozorini hayratda qoldirdi.

The Mirror nashrining xabar berishicha, «matraschilar» futbolchiga qiziqayotgan barcha klublarga, jumladan, «Arsenal»ga ham Alvares faqat shartnomasidagi 500 million yevrolik tovon puli to‘langan taqdirdagina jamoani tark etishini ma’lum qilgan.

Manbaga ko‘ra, klub prezidenti Enrike Sereso argentinalik hujumchini saqlab qolish tarafdori va uning kelasi mavsum ham Madridda qolishiga ishonmoqda.

Qayd etilishicha, Sereso avvalroq Alvaresni «Real»ga 150 million yevroga sotish taklifini ham rad etgan. Klub rahbari bu holatda ham futbolchining tovon puli bandiga ishora qilgan.

26 yoshli Alvares 2025/26 yilgi mavsumda yuqori saviyadagi o‘yin namoyish etdi. U barcha musobaqalarda 49 ta uchrashuvda maydonga tushib, 20 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Shu sababli ham «Atletiko» uni jamoaning eng muhim futbolchilaridan biri sifatida ko‘rmoqda va transfer bozoridagi qiziqishlarga qaramay, futbolchini qo‘yib yuborishga shoshilmayapti.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Atletico Madrid Atletico Madrid
Bugungi yangiliklar