Live
2
O'zbek

«Real» Olise uchun 220 million yevrogacha to‘lashga tayyor

Futbol
18 iyun, 10:47
Madrid klubi fransiyalik yulduzni transfer bozoridagi asosiy maqsadga aylantirdi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
«Real» Olise uchun 220 million yevrogacha to‘lashga tayyor
Foto: Getty Images

Madridning «Real» klubi «Bavariya» vingeri Maykl Oliseni o‘z safiga qo‘shib olish istagidan voz kechmayapti. Bu haqda Marca nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, «qirollik klubi» rahbariyati 24 yoshli futbolchining transferi juda qimmatga tushishini yaxshi tushunadi. Shunga qaramay, madridliklar ushbu transfer uchun rekord darajadagi mablag‘ ajratishga tayyor.

Qayd etilishicha, «Real» Olise uchun 200 million yevrodan ortiq mablag‘ sarflashi mumkin. Biroq klubning maksimal chegarasi 220 million yevro etib belgilangan.

Bu transfer amalga oshsa, futbol tarixidagi eng qimmat bitimlardan biriga aylanishi mumkin.

Maykl Olise o‘tgan mavsum «Bavariya» safida ajoyib statistika qayd etdi. Fransiyalik hujumkor futbolchi barcha musobaqalarda 52 ta uchrashuvda maydonga tushib, 22 ta gol urdi va 31 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Olisening myunxenliklar bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 150 million yevroga baholamoqda.

Avvalroq ham «Real» prezidenti Florentino Peres va bosh murabbiy Joze Mourinyo Oliseni yangi loyihaning eng muhim futbolchilaridan biri sifatida ko‘rayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Bavariya Bavariya
Bugungi yangiliklar