Live
2
O'zbek

"So'g'diyona" Bolievich, Mirkovich va Mulich bilan hayrlashdi

Futbol
18 iyun, 12:16
Tomonlar o'zaro kelishuv asosida shartnomani bekor qilgan.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
"So'g'diyona" Bolievich, Mirkovich va Mulich bilan hayrlashdi
Фото: Сўғдиёна ПФК

"So'g'diyona" klubi bir qator legioner futbolchilari – Aleksandar Bolievich, Nikola Mirkovich hamda Feysal Mulich bilan hayrlashganini e'lon qildi.

Ma'lum qilinishicha, jamoa futbolchilar bilan mehnat shartnomalarini o'zaro kelishuv asosida bekor qilgan.

Bu futbolchilar mavsum boshida jizzaxliklar safiga kelib qo'shilgandi. Nikola Mirkovich jamoa safida 6 ta uchrashuvda maydonga tushib, 540 daqiqa harakat qildi.

Aleksandar Bolievich 10 ta uchrashuvda ishtirok etib, 1 ta gol muallifiga aylandi hamda maydonda jami 554 daqiqa harakat qildi. Shuningdek, O'zbekiston Kubogi doirasidagi 1 uchrashuvda 1 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Forvard Feysal Mulich esa jamoa safida 11 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol kiritdi va 832 daqiqa harakat qildi. O'zbekiston Kubogidagi 2 uchrashuvda esa 2 ta gol muallifiga aylandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • So'g'diyona So'g'diyona
Bugungi yangiliklar