Live
2
O'zbek

"Kristal Pelas" faqat bir shart evaziga Uortonni qo'yib yuboradi

Futbol
18 iyun, 12:31
Klub futbolchining qolishiga umid qilmoqda.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
"Kristal Pelas" faqat bir shart evaziga Uortonni qo'yib yuboradi
Фото: Getty Images

"Kristal Pelas" rahbariyati yarimhimoyachi Adam Uortonni jamoada saqlab qolishni afzal ko'rmoqda. Bu haqda jurnalist Matt Vusnam bo'lishdi.

Manba xabariga ko'ra, "burgutlar" angliyalik 22 yoshli xavbekni faqatgina juda katta summa evaziga sotishga rozi bo'lishadi.

Qayd etilishicha, "Manchester Siti" Elliot Andersonga muqobil variant sifatida Adamni kuzatmoqda. Shuningdek, "Chelsi" ham unga da'vogar sifatida qaralmoqda.

Futbolchining o'zi ham kelajagi borasida bir qarorga kelmagan. Ammo takliflarni ko'rib chiqishga qarshi emasligi aytilmoqda.

O'tgan mavsumda Uorton barcha turnirlarda 53 ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va ettita golli uzatmaga mualliflik qildi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Kristal Pelas Kristal Pelas
Bugungi yangiliklar