"Inter" yarim himoyachisi Davide Frattesi jamoasini o'zgartirishi mumkin. Bu haqda derbyderbyderby nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, italiyalik 25 yoshli futbolchi "neradzurrilar"ni tark etishga qaror qilgan. Hozirda u o'zi uchun yaxshi bo'lgan takliflarni ko'rib chiqmoqda.
"Kristal Pels" esa Frattesi uchun asosiy da'vogarga aylangan. "Burgutlar" uning transferi uchun 25 million yevro sarflashga tayyor.
Avvalroq Frattesi "Nottinghem Forest"ga o'tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalganji.
Shu bilan birga, milanliklar Frattesini yuqoriroq — 30 millionga baholamoqda. "Kristal Pels" Yevropa ligasida ishtirok etishi sabab tarkibni kuchaytirishga kirishgan.