Senegal milliy jamoasi darvozaboni Eduar Mendi jahon chempionati 1-turidan o'rin olgan Frantsiyaga qarshi o'yindagi mag'lubiyat (1:3) haqida fikr bildirdi.
«O'yinga tuzib qo'ygan rejani amalga oshira olmadik. Ikkinchi bo'limda o'z darajamizda harakat qilib, hujumda samaraliroq bo'lishimiz kerakligini bilardik. Bu bizda faqat vaqti-vaqti bilan o'xshadi. Aslida bunday jamoalarga qarshi o'ta diqqatli bo'lish va hech narsani tasodifga qoldirmaslik kerak. Chunki biz haqiqiy iste'dodlarga qarshi o'ynadik.
Birinchi o'yin ortda qoldi, undan xulosa chiqarishimiz va e'tiborni Norvegiyaga qaratishimiz kerak», — deya Mendi so'zlaridan iqtibos keltiradi FIFA rasmiy sayti.