Jahon chempionati 1-turida Norvegiya milliy jamoasi Iroq bilan bellashib, 4:1 hisobida g'alaba qozondi.
Erling Holand birinchi bo'limning o'zidayoq dublga erishdi. Zaxiradan maydonga tushgan Ostigard ham bitta golga mualliflik qildi. Iroqliklarning yagona goli Husayn hisobiga yozildi. Aymen 90+6-daqiqada o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ydi.
Shu tariqa, Norvegiya 3 ochko bilan guruhda peshqadamga aylandi. Fransiya ikkinchi pog'onaga tushdi. Iroq va Senegal hozircha birorta ochko to'play olgani yo'q.
JCh-2026. 1-tur
Iroq – Norvegiya 1:4
Gollar: Husayn 39 – Holand 29, 43, Estigor 76, Husayn 90+6.
Iroq – Hassan, Ali, Tahsin, Hoshim, Doski, Al Ammari, Bayesh, Ismoil (Iqbol, 59), Jasim (Qosim, 73), Al Hamadi (Farji, 59), Husayn.
Norvegiya – Nyuland, Heggem, Ryuerson, Aer, Möller Volf (Estigor, 73), Edegor (P.Berg 81), Berg, Eursnes, Sörlot (Bobb, 73), Holand, Nusa.