Bugun
12
O'zbek

Norvegiya milliy jamoasi JCHga 300 kilogramm baliq olib keladi

Futbol
10 iyun, 04:50
Skandinaviyaliklar mundialga mashhur oshpazlarni ham jalb qilgan.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Norvegiya milliy jamoasi JCHga 300 kilogramm baliq olib keladi
Foto: Getty Images

Norvegiya milliy jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionatiga o‘ziga xos tayyorgarlik bilan e’tibor markaziga tushdi.

VG nashrining xabar berishicha, norvegiyaliklar mundialga 300 kilogramm yangi baliq hamda mamlakatning taniqli oshpazlarini olib keladi.

Qayd etilishicha, ushbu tashabbusning asosiy maqsadi futbolchilarning musobaqa davomida o‘zlari o‘rganib qolgan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishini ta’minlashdan iborat.

Mutaxassislar fikricha, odatiy ovqatlanish tartibini saqlab qolish futbolchilarning diqqatini jamlash va yuqori jismoniy yuklamalar vaqtida samaradorligini oshirishga yordam beradi.

Eslatib o‘tamiz, Norvegiya milliy jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionatining I guruhidan joy olgan.

Ma’lumot uchun, norvegiyaliklar guruh bosqichida Fransiya, Senegal va Iroq milliy jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Norvegiya Norvegiya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar