TransferRoom platformasi 2026 yilgi jahon chempionati ishtirokchilari orasidagi eng tezkor futbolchilar reytingini e'lon qildi.
Reytingga Angliya milliy jamoasi va «Barselona» vingeri Enton Gordon etakchilik qilmoqda. 25 yoshli futbolchi soatiga 36,7 kilometr tezlik ko'rsatgan.
Ikkinchi o'rinni Iroq yarimhimoyachisi Ahmad Qosim (36,0 km/soat) egalladi.
Uchinchi pog'onadan Norvegiya milliy jamoasi va «Manchester Siti» hujumchisi Erling Holand (35,6 km/soat) joy olgan.
O'zbekiston milliy jamoasi va «Manchester Siti» himoyachisi Abduqodir Husаnov 35,5 km/soatlik natija bilan to'rtinchi o'rinni band etdi.
JCH-2026ning eng tezkor 10 nafar futbolchisi:
1. Entoni Gordon (Angliya), «Barselona» — 36,7 km/soat
2. Ahmad Qosim (Iroq), «El Vojba» — 36,0 km/soat
3. Erling Holand (Norvegiya), «Manchester Siti» — 35,6 km/soat
4. Abduqodir Husаnov (O'zbekiston), «Manchester Siti» — 35,5 km/soat
5. Matias Fernandes-Pardo (Belgiya), «Lill» — 35,5 km/soat
6. Kilian Mbappe (Fransiya), «Real» — 35,5 km/soat
7. Pedru Netu (Portugaliya), «Chelsi» — 35,5 km/soat
8. Olvetu Maxanya (Janubiy Afrika Respublikasi), «Filadelfiya» — 35,4 km/soat
9. Entoni Elanga (Shvetsiya), «Nyukasl» — 35,4 km/soat
10. Jeykob Shaffelberg (Kanada), «Los-Anjeles» — 35,4 km/soat.