Bugun
7
O'zbek

Amorim: "Milan"da murabbiy sifatida ishlash har doim mening orzularimdan biri bo'lgan"

Futbol
16 iyun, 13:14
Portugalalik mutaxassis Italiya klubi bilan ikki yillik bitim imzoladi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Amorim: "Milan"da murabbiy sifatida ishlash har doim mening orzularimdan biri bo'lgan"
Фото: Getty Images

"Milan"ning yangi bosh murabbiyi Ruben Amorim ushbu jamoaga tayinlangani borasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Butun faoliyating davomida sen bilan birga qoladigan maqsadlar bo'ladi va "Milan" murabbiyi sifatida ishlash har doim mening shunday orzularimdan biri bo'lgan.

Ushbu klub nimaniki anglatishini juda yaxshi bilaman: tarix, nufuz va butun dunyo bo'ylab tarqalgan aqlbovar qilmas muxlislar armiyasi.

Ish boshlashni va "Milan"ni olg'a boshlaydigan o'sha ehtirosni har kuni his qilish imkoniyatini sabrsizlik bilan kutib qolaman", — deya Amorimning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda "Milan" rasmiy sayti.

Eslatib o'tamiz, portugalalik mutaxassis Italiya klubi bilan ikki yillik bitim imzoladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Milan Milan
Bugungi yangiliklar