Fransiya milliy jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe Senegalga qarshi bellashuvda dublga erishdi.
Shu tariqa, u milliy jamoa tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi. Dide Desham jamoasi esa 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Etiborlisi shundaki, Mbappe Fransiya milliy jamoasi 99-o‘yinida o‘zining 57 va 58-gollarini urdi. Natijada Kilian avvalgi rekord egasi Olive Jiru tegishli bo‘lib, uning hisobida 57 ta gol bor edi.
Eslatib o‘tamiz, Fransiya keyingi tur bellashuvini 23 iyun kuni Iroqqa qarshi o‘tkazadi. 26 iyunda Norvegiya bilan bellashadi.