«Barselona» vingeri Rafinya yozgi transfer oynasida klubini o'zgartirishi mumkin. Bu haqida Sport nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, braziliyalik 29 yoshli futbolchiga «Al Hilol» jiddiy qiziqmoqda. Futbolchining o'zi ham Saudiya Arabistoni klubiga o'tishga qarshi emas.
Qayd etilishicha, Rafinya jahon chempionatidan so'ng saudiyaliklar bilan muzokaralar o'tkazishga tayyor bo'ladi.
Hozirda futbolchi bor e'tiborini mundialga qaratgan va takliflarni ko'rib chiqmoqchi emas.
Futbolchining «Barselona» bilan shartnomasi 2028 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali Rafinyani 70 million yevroga baholamoqda.