Live
1
O'zbek

Mbappe JCH to'purarlari ro'yxatida Messini ortda qoldirib, 3-o'ringa chiqib oldi

Futbol
16 iyun, 17:29
Mutlaq rekord Miroslav Klozega tegishli bo'lib, uning hisobida 16 ta gol bor.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Mbappe JCH to'purarlari ro'yxatida Messini ortda qoldirib, 3-o'ringa chiqib oldi
Фото: Getty Images
16.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Fransiya Fransiya 3 : 1 Senegal Senegal

Fransiya milliy jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe jahon chempionatining 1-turidan o'rin olgan Senegalga qarshi o'yinda (3:1) dublga erishdi.

Shu tariqa, Kilian mundiallardagi gollari sonini 15 ta o'yinda 14 taga yetkazdi. Natijada u gollar soni bo'yicha Argentina milliy jamoasi forvardi Lionel Messini ortda qoldirib, 3-o'ringa ko'tarildi.

Mutlaq rekord Germaniya milliy jamoasi sobiq forvardi Miroslav Klozega tegishli bo'lib, unda 16 ta gol bor. Braziliyalik Ronaldo esa 15 ta gol bilan 2-pog'onada.

Ma'lumot uchun, Fransiya keyingi tur bahsini 23 iyun kuni Iroqqa qarshi o'ynaydi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fransiya Fransiya
  • Senegal Senegal
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar