Bugun
6
O'zbek

«Yuventus» Shevaleni oʻz safiga qoʻshib olishi mumkin

Futbol
16 iyun, 15:11
Bu haqda Jeunesfooteux nashri xabar berdi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
«Yuventus» Shevaleni oʻz safiga qoʻshib olishi mumkin
Фото: Getty Images

«PSJ» darvozaboni Lyuka Shevale faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Jeunesfooteux nashri xabar berdi.

Manbaga koʻra, «Yuventus» klubi fransiyalik kiper xizmatidan foydalanish istagida.

Qayd etilishicha, Shevalening «PSJ»dagi mavqei tobora zaiflashib bormoqda, chunki Safonov kelgusi mavsum uchun asosiy darvozabon sifatida allaqachon tasdiqlangan.

«Yuventus» esa darvozabon izlamoqda. Shevale ham klub short-listidan oʻrin olgan.

Eslatib oʻtamiz, «PSJ» 2025 yilning yozida Lyuka «Lill» klubidan sotib olingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Yuventus Yuventus
Bugungi yangiliklar