Bugun
8
O'zbek

«Yuventus» himoyachisi «Barselona»ni kutishga tayyor

Futbol
17 iyun, 05:34
Italiyalik Andrea Kambyazo hali ham Kataloniya klubi safiga ko‘chib o‘tishdan umidini uzmagan.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
«Yuventus» himoyachisi «Barselona»ni kutishga tayyor
Foto: Gettyimages

Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.

Kataloniya klubi ushbu transferga jiddiy kirishmaganiga qaramay, «Yuventus» himoyachisi Andrea Kambyazo hali ham «Barselon» safiga ko‘chib o‘tishga umid qilmoqda.

Manbaning yozishcha, himoyaning har ikki qanotida ham o‘ynay oladigan italiyalik futbolchi chap qanotni kuchaytirish mumkin bo‘lgan nomzodlardan biri hisoblanadi. Biroq avvalroq «Barselona» «Yuventus» bilan 2029-yilgacha amaldagi shartnomasi bor va transfer narxi 40 mln yevroga baholanayotgan 26 yoshli futbolchini sotib olishga oshiqmayotgani aytilgandi.

Kambyazo xizmatlariga Londonning «Chelsi» va Milanning «Inter» klublari qiziqish bildirmoqda, ammo o‘yinchining o‘zi «Kamp Nou»ga borishni istaydi.

O‘z navbatida, «Barselona» hozirda markaziy hujumchi masalasi bilan band va shu transferdan keyingina boshqa chiziqlarga e’tibor qaratishi ta’kidlanmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Yuventus Yuventus
  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar