Bugun
8
O'zbek

JCH-2026. Chexiya — JAR o‘yinini amerikalik ayol hakam boshqarib boradi

Futbol
17 iyun, 06:50
FIFA jahon chempionati-2026 2-turi doirasidagi navbatdagi o‘yinlarga hakamlar tayinlovlarini e’lon qildi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
JCH-2026. Chexiya — JAR o‘yinini amerikalik ayol hakam boshqarib boradi
Foto: Gettyimages
18.06.2026, 12:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Chexiya Chexiya - : - JAR JAR

Jumladan, FIFA amerikalik Tori Penso 2-tur doirasidagi Chexiya - JAR bellashuviga bosh hakam etib tayinlandi.

A guruhi ikkinchi turi doirasida 18 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan bahs Toshkent vaqti bilan 21:00da start oladi.

Ma’lumot uchun, Jahon chempionatlari tarixida bosh hakam sifatida ish olib borgan birinchi ayol-referi fransiyalik Stefani Frappar hisoblanadi. U Germaniya — Kosta-Rika o‘yinida bosh hakam sifatida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, AQSH, Kanada va Meksika mezbonligida o‘tayotgan JCH-2026 11 iyun sanasida start oldi va 19-iyulgacha davom etadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chexiya Chexiya
  • JAR JAR
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar