Bugun
22
O'zbek

JCh-2026. Oʻzbekiston — Kolumbiya o'yini qachon va qayerda namoyish etiladi?

Futbol
17 iyun, 04:00
Milliy jamoa mundialdagi tarixiy ilk uchrashuvini o‘tkazadi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
JCh-2026. Oʻzbekiston — Kolumbiya o'yini qachon va qayerda namoyish etiladi?
Foto: Getty Images
17.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) O‘zbekiston O‘zbekiston 1 : 3 Kolumbiya Kolumbiya

18 iyun kuni JCH-2026 K guruhi 1-turidan o‘rin olgan Oʻzbekiston va Kolumbiya milliy jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

Bahs Meksika poytaxtidagi afsonaviy «Asteka» stadionida tashkil etiladi. Uchrashuvni angliyalik hakam Entoni Teylor boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

Oʻzbekiston milliy jamoasi uchun ushbu o‘yin jahon chempionatlari tarixidagi ilk uchrashuv sifatida tarixga kiradi.

Bahs Toshkent vaqti bilan 18 iyun kuni soat 07:00 da start oladi. Bellashuv Zo'r TV telekanali orqali namoyish etiladi.

JCH-2026ning K guruhida Oʻzbekiston va Kolumbiyadan tashqari Portugaliya hamda Kongo DR milliy jamoalari ham ishtirok etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi. Turnirning amaldagi g‘olibi Argentina hisoblanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston O‘zbekiston
  • Kolumbiya Kolumbiya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar