Janubiy Koreya bosh murabbiyi Hon Myon Bo JCH-2026 1-turida Chexiya (2:1) ustidan qozonilgan gʻalabadan soʻng oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
"Bu turnirdagi ilk oʻyinimiz edi va juda ogʻir kechdi. Gʻalaba qozonganimizdan xursandman, ammo yanada quvonarlisi — yigitlarimiz oxirigacha kurashib, taslim boʻlmasdan gʻalaba qozonishganidir.
Jamoamizda gʻalabaga erishish uchun yetarli imkoniyat va salohiyat borligini yaxshi bilardim. Shuning uchun hisob 1:1 boʻlib turgan paytda futbolchilarga xuddi shunday davom etishlarini aytdim", — deya Hon Myong Boning soʻzlarini keltiradi FIFA rasmiy sayti.
Janubiy Koreya turnirdagi navbatdagi oʻyinini 19 iyun kuni mezbon Meksikaga qarshi oʻtkazadi.
Maʼlumot uchun, koreyslar mundialda Yevropa jamoalarini qatorasiga uchinchi bor magʻlub etishdi.
Hon Myong Bo: "Yigitlar oxirigacha kurashib, gʻalaba qozonishgani quvontirdi"
Futbol
12 iyun, 03:15
Janubiy Koreya ustozı JCH-2026 1-turidagi irodali gʻalabadan soʻng oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
Foto: Getty Images
11.06.2026
FT
Jahon chempionati (JCH-2026)
Janubiy Koreya
2
:
1
Chexiya