Bugun
6
O'zbek

Jamshid Saidov: «Men ham sehrgar emasman. Hammasi Xudodan»

Eksklyuziv
12 iyun, 02:07
Saidov «Qizilqum» bosh murabbiyi etib tayinlangach, o‘zining ilk interv'yusini Tribuna.uz nashriga berdi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Jamshid Saidov: «Men ham sehrgar emasman. Hammasi Xudodan»
Фото: Қизилқум ПФК

Navoiyning «Qizilqum» jamoasida bosh murabbiy o‘zgarganidan xabaringiz bo‘lsa kerak.

Kuni kecha Akmal Rustamov iste'foga chiqarildi va o‘rniga Jamshid Saidov bosh murabbiy etib tayinlandi.

Bungacha «Lokomotiv»da ishlab kelayotgan mutaxassis undan avval aynan «Qizilqum»da faoliyat olib borgan va u yana sobiq klubiga qaytdi.

Saidov «Qizilqum» bosh murabbiyi etib tayinlangach, o‘zining ilk interv'yusini Tribuna.uz nashriga berdi.

- O‘z vaqtida «Qizilqum»da ishlagansiz va yana sobiq klubingizga qaytdingiz. Lekin siz kuni kecha ham «Lokomotiv» mashg‘ulotlarida edingiz. Endi esa «Qizilqum»dasiz. Hammasi juda tez sodir bo‘ldimi yoki ancha avvaldan boshlanganmidi?

- Muzokara bir kunda hal bo‘lgani yo‘q. Oldindan bu borada gaplashib, barcha masalani muhokama qilib keldik. Mana, hammasi uzil-kesil hal bo‘lgach, Navoiyga keldim va shartnoma imzoladik. Ungacha muzokaralar olib borildi va shu sababli hech qaerda hech qanday ma'lumot chiqqani yo‘q. Siz ham internetda meni «Lokomotiv» mashg‘ulotlarida ishlayotganimni ko‘rgansiz. Shu paytgacha u yerda Mirko Yelichichga yordam berib kelayotgandim. Mirko Avstraliyada edi. Sal kechroq keldi. «Lokomotiv» 8 iyundan o‘zini bazasida mashg‘ulotlarni boshladi. Muzokara oldindan davom etib kelayotgandi. Mirko kelgunicha u yerda mashg‘ulotlarni o‘tkazib turdim va Yelichich kelganidan keyin jamoani unga topshirib keldim. «Lokomotiv” rahbariyati bilan ham gaplashib oldim. Biz o‘zaro do‘stona ravishda xayrlashdik. Avvalo, To‘labek Akramovga minnatdorchilik bildiraman. Vaziyatni to‘g‘ri tushunib, meni qo‘llab-quvvatladi va natijada «Qizilqum» jamoasi taklifini qabul qildim.

- «Qizilqum»da oldingizga qanday aniq maqsad qo‘yildi?

- Balki taqdirim shunaqami, bilmadimu, ammo har doim pastki o‘rinlardagi, vaziyatni o‘nglashga bel bog‘lagan jamoalar chaqirishadi (kuladi). Bilasiz, ko‘p yillardan beri Superligada ishlab kelyapman va doim qo‘limdan kelganicha harakat qilaman. Men ham sehrgar emasman. Bor kuch va imkoniyatimni ishga solaman. Hammasi Xudodan. «Qizilqum» ham ko‘p yillik jamoa. Hozirda pastki o‘rindagi jamoadan faqat ikki ochkoga oldinda. Biz ham vaziyatni tushunib turibmiz. Hali birinchi davra tugagani yo‘q. 8 iyuldan yozgi transfer oynasi ochiladi. Rahbariyat bilan albatta bu masalada gaplashyapmiz. Eng asosiysi, ikkinchi davradan. Ko‘p jamoalar bor kuchi bilan kurashishadi. Birinchi davraga nisbatan ikkinchi davrada qattiq kurash bo‘ladi. Kim pastda yoki tepada bo‘lmasin maksimal darajada harakat qiladi.

- Bu yog‘iga tayyorgarlik rejalari qanday bo‘ladi?

- Navoiyda yig‘inni boshladik. Bir-ikkita legionerlar hali kelgani yo‘q. To‘liq tarkib yig‘ilmagan. Bir-ikki kun ichida hammasi to‘liq bo‘ladi. Yig‘in paytida maslahatlashib, gaplashamiz. Kim kerak, kim kerak emas, rahbarlar bilan muhokama qilamiz. Ikkinchi davraga yaxshi tayyorgarlik ko‘ramiz. Bir oydan ko‘proq vaqt bor. Har qanday holatda ham seleksiya ishlari olib boriladi.

- Klubni tark etganlar bormi?

- Men kelgunimga qadar tojikistonlik futbolchi jamoani tark etibdi. Qolganlar - hammasi joyida. Jarohat olganlar bor. Markaziy hujumchi Shohruz Norxonov, shuningdek, Asror G‘ofurov ham davolanishda. Selektsiyada kamchiliklarni to‘g‘rilashga va o‘rnini to‘ldirishga harakat qilamiz.

- Siz so‘nggi bor «Qizilqum»da 2024 yili ishlagandingiz. Hali oradan u qadar ko‘p vaqt o‘tgan yo‘q. Sobiq jamoangizga qaytgach, qanday o‘zgarishlarga guvoh bo‘lyapsiz?

- Bilasiz, men buxorolikman. Navoiy – «Qizilqum» jamoasi menga begona emas. Bu yerda hammani taniyman. O‘ylaymanki, bu yerda menga oson bo‘ladi. Rahbariyat, murabbiylar shtabi hamma meni biladi. Yaxshimi-yomonmi, ishlagan paytimda ham biz qo‘limizdan kelganicha harakat qilganmiz. Yana «Qizilqum» jamoasi menga ishonch bildiryapti. Vaziyatni ko‘rib turibsiz. Bu holatdan maksimal darajada jamoani olib chiqish va turnir jadvalida klubni yuqoriroqqa ko‘tarishimiz kerak.

- Murabbiylar shtabi qanday ko‘rinish olyapti?

- Menga jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy Akmal Shorahmedov yordam beradi. Qolgan murabbiylar shtabi o‘z joyida.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Qizilqum Qizilqum
Bugungi yangiliklar