Bugun
6
O'zbek

JCh-2026da ishlash uchun AQShga kiritilmagan Umar Artan Yevropa superkubogi o'yiniga tayinlandi

Futbol
11 iyun, 22:05
UEFA Afrikaning eng yaxshi hakamini o'ziga xos tarzda qo'llab-quvvatladi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
JCh-2026da ishlash uchun AQShga kiritilmagan Umar Artan Yevropa superkubogi o'yiniga tayinlandi
Foto: Getty Images

JCh-2026da ishlash uchun AQShga kirishga ruxsat ololmagan Umar Abdulqodir Artan Yevropa superkubogini boshqaradigan bo'ldi.

2025 yilda Afrikaning eng yaxshi hakami deb topilgan 34 yoshli Artanga avvalroq AQShga kiritilmagandi. Oq uy ishchi guruhi va JCh-2026 tashkiliy qo'mitasi rahbari Endryu Julianni bu qarorga somalilik hakamning terrorchilik tashkilotlari a'zolari deb gumon qilingan shaxslar bilan ehtimoliy aloqalari haqidagi shubhalar sabab bo'lganini ma'lum qilgan.

11 iyun kuni UEFA Umarni «PSJ» hamda «Aston Villa» o'rtasidagi Yevropa superkubogi bahsiga bosh hakam etib tayinlaganini e'lon qildi. Bellashuv 12 avgust kuni Zaltsburg shahrida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

Ta'kidlanishicha, ushbu qaror UEFA va Afrika futbol konfederatsiyasi o'rtasida imzolangan memorandum doirasida qabul qilingan bo'lib, u turli sohalarda, jumladan hakamlik yo'nalishida hamkorlikni rag'batlantirishga qaratilgan.

Bugungi yangiliklar