Bugun
6
O'zbek

Jahon chempionati tarixida ilk bor ochilish o‘yinida 3 ta qizil kartochka ko'rsatildi

Futbol
11 iyun, 21:40
23-mundial noyob natija bilan boshlandi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Jahon chempionati tarixida ilk bor ochilish o‘yinida 3 ta qizil kartochka ko'rsatildi
Foto: Getty Images
11.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Meksika Meksika 2 : 0 JAR JAR 2

JCh-2026 ochilish bahsida uch futbolchi qizil kartochka oldi. Bu — mundiallar tarixida ilk bor kuzatilgan holat.

Meksika milliy jamoasi "Asteka" stadionida Janubiy Afrika Respublikasini 2:0 hisobida mag‘lub etdi.

Turnirdagi birinchi chetlatish 49-daqiqada ro‘y berdi — Yaya Sitole birga-bir vaziyatga chiqib borayotgan Brayan Gutierresni to‘xtatib qoldi va maydondan chetlatildi.

80-daqiqada esa 61-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Temba Zvane o‘z jamoasining hujumi vaqtida mezbonlar himoyachisi Roberto Alvaradoning yuziga qo‘li bilan urib ketdi. Bosh hakam Vilton Sampayo videoassistent maslahatidan so‘ng vaziyatni takroran ko‘rib chiqdi va JAR futbolchisiga qizil kartochka ko‘rsatdi.

90+2-daqiqada esa meksikaliklar ham o‘n kishi bo‘lib qolishdi: Sesar Montes jarima maydoni yaqinida Kxuliso Mudauni qo‘ida buzib to‘xtatdi va u ham maydondan chetlatildi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Meksika Meksika
  • JAR JAR
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar