Bugun
7
O'zbek

Endo jarohat sabab JCH-2026ni o'tkazib yuboradi

Futbol
11 iyun, 16:29
Bu haqda Yaponiya futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Endo jarohat sabab JCH-2026ni o'tkazib yuboradi
Фото: Getty Images

«Liverpul» yarimhimoyachisi Vataru Endo jarohat oldi. Bu haqda Yaponiya futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.

Natijada futbolchi Yaponiya milliy jamoasining JCH-2026 uchun qaydnomasiidan chiqarildi.

Endilikda Endo o'rniga «Borussiya M» klubi hujumchisi Syuto Machino milliy jamoaga chaqirildi.

Yakunlangan mavsumda Endo «Liverpul» safida 12 ta o'yinda ishtirok etib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Yaponiya milliy jamoasi safida 73 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga to'rtta gol va to'rtta assist yozdirib qo'ygan.

«Kunchiqar yurt» vakillari JCH-2026dagi ishtirokini 14 iyun kuni Niderlandiyaga qarshi bahs bilan boshlaydi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Yaponiya Yaponiya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar