Bugun
6
O'zbek

Shorahmedov murabbiylik faoliyatini «Qizilqum»da davom ettiradi

Futbol
11 iyun, 04:25
Sobiq futbolchi klubda jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha ish olib boradi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Shorahmedov murabbiylik faoliyatini «Qizilqum»da davom ettiradi
Foto: Qizilqum PFC

O‘zbekiston milliy jamoasi sobiq futbolchisi Akmal Shorahmedov murabbiylik faoliyatini «Qizilqum»da davom ettiradi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

«Jamoamizda yangi murabbiy ish boshladi. Faoliyati davomida Andijonning «Andijon», Toshkentning «Lokomotiv», Termizning «Surxon» jamoalarida ishlagan tajribali mutaxassis Akmal Shorahmedov endilikda klubimizda jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy sifatida ish yuritadi.

Klubimiz rahbariyati ushbu murabbiy bilan yil yakunigacha shartnoma imzoladi», — deyiladi xabarda. Avvalroq Jamshid Saidov «Qizilqum» bosh murabbiyi etib tayinlangandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Qizilqum Qizilqum
Bugungi yangiliklar