Venesuelalik sobiq hujumchi Alexandro Morenoning fikriga ko‘ra, Argentina milliy jamoasi yetakchisi Lionel Messi jahon chempionati guruh bosqichi 1-turi doirasidagi Jazoyirga qarshi o‘yinning (3:0) birinchi bo‘limidayoq chetlatilishi kerak edi.
Birinchi bo‘limda Messi jazoyir milliy jamoasi himoyachisi Aissa Mandining oyog‘i boldirini ortdan bosib oldi va raqib maydonga yiqildi. Ammo bosh hakam Shimon Marchinyak argentinalikka sariq kartochka ham ko‘rsatmadi, VAR ham vaziyatga aralashmadi.
«Bu Messi uchun 100% qizil kartochka edi. U ko‘rsatilishi kerak edi. Shu vaziyat bilan bog‘liq yana bir fikrimni aytmoqchiman. Shunday fikr uyg‘onadiki, kuchli futbolchilarga o‘zgacha munosabat bo‘ladi. Jonli efir vaqtida tomosha qilayotganingizda bu foldek ko‘rinadi, takroriy lavhani ko‘rsangiz – ha, bu qoida buzilishi va uni o‘rganib chiqish zarur. Nima uchun Marchinyakni takroriy lavhani ko‘rish uchun monitor oldiga chaqirishmadi? Bu Lionel Messi uchun qizil kartochka ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan epizod edi. Men Messini qanchalik yaxshi ko‘rmay, bu qo‘pol va noto‘g‘ri harakat edi. Ortdan to‘p uchun kurashmoqchi bo‘lib bo‘lsa-da, raqibning boldirini tizzasidan to‘pig‘igacha bosib o‘tganingiz uchun futbolchi chetlatilishi kerak», — deya Moreno so‘zlaridan iqtibos keltirdi ESPN FC.