Jahon chempionati-2026 guruh bosqich 1-turi doirasidagi Argentina - Jazoyir bahsida (3:0) Leo jamoasiga g‘alabani taqdim etdi. Biroq agarda birinchi bo‘limdagi Messi hamda Mandi ishtirokidagi epizod hakamlarning e’tiboridan chetda qolmaganida, tarixiy rekord bo‘lmasligi ham hech gap emasdi.

Birinchi bo‘limning 31-daqiqasida Messi to‘p uchun kurash vaqtida Jazoyir milliy jamoasi himoyachisi Ayssa Mandining oyog‘ini ortdan bosib oldi, natijada raqib maydonga yiqildi. Ammo bosh hakam Shimon Marchinyak argentinalikka sariq kartochka ham ko‘rsatmadi, VAR ham vaziyatga aralashmadi.
Undan keyin esa 38 yoshli forvard javobsiz 3 ta gol urib, Miroslav Klozega yetib oldi.
Ma’lumot uchun, Lionel Messi Argentina - Jazoyir o‘yining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Argentina 22 iyun kuni 2-turda Avstriyaga qarshi maydonga tushadi.