Bugun
8
O'zbek

Partining Kanadaga kirish bo‘yicha apellyatsiyasi rad etildi

Futbol
17 iyun, 02:00
Gana yarimhimoyachisi JCH-2026 o‘yinlarida ishtirok eta olmaydi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Partining Kanadaga kirish bo‘yicha apellyatsiyasi rad etildi
Foto: Getty Images
17.06.2026, 19:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Gana Gana - : - Panama Panama

Gana milliy jamoasi yarimhimoyachisi Tomas Partining Kanadaga kirish taqiqi bo‘yicha bergan apellyatsiyasi rad etildi. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs xabar berdi.

Avvalroq 33 yoshli futbolchiga Angliyada zo‘rlash bilan bog‘liq bir necha ayblovlar qo‘yilgani sababli Kanadaga kirishga ruxsat berilmagandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, seshanba kuni Ottava sudi Partining apellyatsiyasini ko‘rib chiqib, avvalgi qarorni o‘z kuchida qoldirgan.

Shu tariqa, yarimhimoyachi JCH-2026 doirasida Gana terma jamoasiga yordam bera olmaydi.

Gana terma jamoasi mundialdagi ilk uchrashuvini 17 iyundan 18 iyunga o‘tar kechasi Torontoda Panama terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, Kanada immigratsiya organlari qarorini futbolchiga nisbatan Buyuk Britaniyada davom etayotgan sud jarayonlari bilan izohlagan.

2025/26 yilgi mavsumda Parti Ispaniyaning «Vilyarreal» klubi safida to‘p surib, La Ligada 25 ta uchrashuvda maydonga tushgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Gana Gana
  • Panama Panama
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar