Norvegiya milliy jamoasi forvardi Erling Holand argentinalik hujumchi Lionel Messining tarixiy natijasiga munosabat bildirdi.
Jahon chempionati-2026 guruh bosqichi 1-tur doirasidagi Argentina - Jazoyir o‘yini 3:0 hisobida yakunlandi. Uchala golga Lionel Messi mualliflik qildi.
«Messi — telba», - deb yozdi Holand ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Ta’kidlash lozim, ushbu gollar orqali Messi jahon chempionatlari tarixidagi to‘purarlar poygasida yetakchi Miroslav Klozega yetib oldi. Endilikda Messi hisobida ham 16 ta gol mavjud.
Holandning o‘zi ham 1-tur doirasidagi Iroq bilan bahsda (4:1) dubl rasmiylashtirgan edi.