Live
1
O'zbek

JCh-2026. Oʻzbekiston mundialdagi debyut uchrashuvida oq libosda maydonga tushadi

Futbol
17 iyun, 00:05
Milliy jamoa Kolumbiyaga qarshi tarixiy bahs oldidan liboslarini aniqlab oldi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
JCh-2026. Oʻzbekiston mundialdagi debyut uchrashuvida oq libosda maydonga tushadi
Foto: O'FA
17.06.2026, 22:00 Jahon chempionati (JCH-2026) O‘zbekiston O‘zbekiston - : - Kolumbiya Kolumbiya

Ertaga Oʻzbekiston milliy jamoasi Jahon chempionatidagi ilk uchrashuvini Kolumbiyaga qarshi oʻtkazadi.

Bugun mazkur bahs oldidan FIFA vakillari hamda har ikki jamoa rasmiylari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda uchrashuvni tashkil etish, reglament va boshqa masalalar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Yigʻilish yakunlariga koʻra, Oʻzbekiston milliy jamoasi bahsda toʻliq oq libosda harakat qilishi maʼlum boʻldi. Darvozabon esa toʻq sariq rangli formani kiyadi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston va Kolumbiya oʻrtasidagi uchrashuv 18 iyun kuni Meksikadagi «Мexico city» stadionida boʻlib oʻtadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 07:00 da start oladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston O‘zbekiston
  • Kolumbiya Kolumbiya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar