Live
1
O'zbek

Messi milliy jamoa safidagi 200-o‘yinini o‘tkazdi

Futbol
16 iyun, 23:30
Argentina sardori tarixiy marrani zabt etdi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Messi milliy jamoa safidagi 200-o‘yinini o‘tkazdi
Foto: Getty Images
16.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Argentina Argentina 3 : 0 Jazoir Jazoir

Argentina milliy jamoasi hujumchisi Lionel Messi JCH-2026 guruh bosqichi 1-turida Jazoirga qarshi bahsda (3:0) maydonga tushib, milliy jamoa safidagi 200-o‘yinini o‘tkazdi.

38 yoshli futbolchi tarixiy uchrashuvda xet-trik qayd etib, jamoasining yirik g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi.

Shu tariqa Messi futbol tarixida milliy jamoa safida 200 ta o‘yin o‘tkazgan uchinchi futbolchiga aylandi. Avvalroq bu natija faqat Portugaliya yulduzi Krishtianu Ronaldu va Quvayt afsonasi Bader Al Mutavaga nasib etgandi.

Hozirda rekord Krishtianu Ronalduga tegishli bo‘lib, u Portugaliya safida 227 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Ikkinchi o‘rinda esa 202 ta o‘yin bilan Bader Al-Mutava qayd etilgan.

Messi Argentina milliy jamoasi safidagi 200 uchrashuvda 117 ta gol urib, 61 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

U milliy jamoa bilan 2022 yilgi jahon chempionligi, 2014 yilgi mundial kumush medali hamda ikki bor Amerika Kubogi (2021, 2024) g‘olibiga aylangan.

Jazoirga qarshi bahsda qayd etilgan xet-trik esa Messining afsonaviy faoliyatidagi yana bir tarixiy sahifaga aylandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Argentina Argentina
  • Jazoir Jazoir
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar