Argentina milliy jamoasi yetakchisi Lionel Messi jahon chempionati‑2026 guruh bosqichi 1-turi doirasidagi Jazoyirga qarshi bahsning eng yaxshi futbolchisi deb tan olindi. J guruhi o‘yini Kanzas‑Siti (AQSH) shtatida o‘tkazildi va 3:0 hisobida yakunlandi.
17-daqiqada, 60 va 76-daqiqalarda raqib darvozasini ishg‘ol qilgan Leo het‑trik qayd etdi.
Endi afsonaviy argentinalik mundiallar tarixidagi to‘purarlik poygasida germaniyalik Miroslav Kloze bilan yetakchilikni bo‘lishib turibdi (16 tadan gol bor).
Shu tariqa 38 yoshli Messi milliy jamoa safidagi 200‑o‘yinini o‘tkazdi, jahon chempionatlaridagi esa 27‑bahsi bo‘ldi. Argentinalik oltita jahon chempionatida maydonga tushgan tarixdagi ilk futbolchiga aylandi.